Chinakam vahshiylik. "Navoiyazot" sabab minglab baliq nobud bo‘ldi, zarar 4 mlrd so‘mdan oshmoqda
«Navoiyazot» AJ Zarafshon daryosiga ko‘p miqdorda hayot uchun xavfli zararli moddalarni oqizgan. Oqibatda baliqlar nobud bo‘lgan. Ular orasida «Qizil kitob»ga kiritilgan turlar ham bor.

Ayni damda Navoiy viloyat ekologiya boshqarmasining 32 nafar inspektori vaziyatni o‘rganmoqda. 20 kmdan ko‘proq hududdagi suv o‘rganilgan va mingdan ortiq baliq nobud bo‘lgani aniqlangan.
Bu haqda Kun.uz'ga ma'lum qildi Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Islombek Boqijonovning so‘zlariga ko‘ra, «Navoiyazot» daryoga zararli modda oqizishi oqibatida ayni damga qadar aniqlangan zarar 4 milliard so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin.
Tekshiruvlar, davom ettirilmoqda, zarar bundan ham kattaroq bo‘lishi ehtimoli bor.
Davlat ekologiya qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oqib o‘tuvchi qismining 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olingan; tekshiruv natijalariga ko‘ra, daryo suvida azot ammoniy belgilangan me'yorlardan 21 barobar, azot nitrat 2,6 barobar, azot nitrit 60 barobar, xloridlar 1,3 barobar, mis ionlari 2,1 barobar yuqoriligi hamda daryoda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelgani aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 12:42
-
Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar aniqlandi
Jamiyat | 12:21
-
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
Jahon | 12:07
-
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda
O‘zbekiston | 11:46
Mavzuga oid

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi

10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi

10:24 / 15.05.2025