Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida yaşovçi fuqaroning 500 AQŞ dollari puli va telefonini öğirlab ketgan şaxsga jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Nişon tumanida yaşovçi X.U. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U öz arizasida, 2021 yil 1 oktyabr kuni soat 16:00larda öziga tegişli bölgan, Redmi Note 8 Pro rusumli uyali telefoni va uning muqovasi içida bölgan 500 dollarni Şahrisabz şahar «Xöjamurodbaxşi» MFYda yaşovçi M.D. öğirlab ketganini bildirgan.
Qayd etilişiça, olib borilgan tergovga qadar tezkor suriştiruv davomida mazkur jinoyatni M.D. qilgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan Şahrisabz şahar IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qaşqadaryoda qöy öğirlagan şaxslarga jinoiy iş qözğatildi
Qaşqadaryoda temiryölçilarga tegişli traktor tirkamasi va transformatorni öğirlagan şaxslar uşlandi

















