2023 yil 8 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyati Nişon tumani IIB navbatçilik qismiga kelib tuşgan xabarga köra, uşbu tumandagi mahallalardan birida tezkor tadbir ötkazilgan. Bu haqda “Özbekiston-24” telekanalida berilgan lavhada ma’lum qilingan.
Tadbirda tezkor-tergov guruhi tomonidan fuqarolardan birining hovlisi közdan keçirilganda u yerda ösib turgan 574 tup kannabis giyohvandlik ösimligi borligi aniqlangan.
Bundan taşqari, fuqaro uyining tomida 51,9 kg quritilgan marixuana giyohvandlik ösimligini saqlab kelayotgani ma’lum bölgan.
Olingan giyohvand ösimliklar taroziga qöyilganda sof oğirligi bir tonnadan oşiq çiqqan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “v” bandi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayblanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
















