Bugun, 9 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasida «Bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlaş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi dastlabki tarzda körib çiqildi. Parlament quyi palatasi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, uşbu qonun loyihasi Boş prokuratura tomonidan kiritilgan.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarga özgartiş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda. Unga köra, voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortiş yoşini ön uç yoşdan ön tört yoşga kötariş, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyatlar, xususan, Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalari sanksiyalarini kuçaytiriş nazarda tutilyapti.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalarida bolalarning jinsiy hayotiga tajovuz uçun javobgarlik belgilangan.
Xususan, 128-modda ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uçun eng kami uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlaridan tortib, eng köpi uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qilişgaça jazo çoralari mavjud. Kodeksning 129-moddasida esa ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilganlik uçun eng kami uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari, eng oğiri beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.
Amaldagi tartibga köra, umumiy tarzda jinoyat sodir etgunga qadar ön olti yoşga tölgan, aqli raso jismoniy şaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 17-moddasiga köra, oğirlaştiruvçi holatlarda qasddan odam öldirgan, jinoyat sodir etgunga qadar 13 yoşga tölgan şaxslar ham javobgarlikka tortilişi belgilangan.
Şuningdek, loyihaga voyaga yetmagan jabrlanuvçi yoki guvohni söroq qilişning umumiy davomiyligi kun davomida tört soatdan oşmasligini belgilaş, voyaga yetmagan jabrlanuvçi, guvoh, gumon qilinuvçi yoki ayblanuvçini söroq qilişda voyaga yetmagan şaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga köra psixolog iştirok etişini ta'minlaşga qaratilgan normalar kiritilmoqda.

















