Zaxarova Nuland Rossiyaning sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lganini, bu esa uning Rossiya chegarasini kesib o‘ta olmasligini anglatganini eslatib o‘tgan. Ikki yil avval Nuland Moskvadagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Rossiya vizasini olishga uringanda unga rad javobi berilgan.

Ta'kidlanishicha, AQSh Nulandning Moskvaga kelishiga ruxsat berilishi evaziga o‘z sanksiyalar ro‘yxatidan Rossiya tashqi ishlar vazirligining qurollanishni nazorat qilish departamenti direktori o‘rinbosari Konstantin Voronsovni “qora ro‘yxat”dan chiqargan.

Zaxarova ikki tomon o‘z sanksiyalar ro‘yxatidan teng sonda odamni chiqarganini ma'lum qilgan.

Nuland Rossiyaga 11–13 oktyabr kunlari tashrif buyuradi. Uning tashrifi AQSh tashabbusi bilan o‘tadi.