“Joriy yildan boşlab, “Boğdod tajribasi” asosida uy-joylar, işlab çiqariş, sanoat va ijtimoiy infrastruktura obektlarini öz içiga olgan Yangi Özbekiston massivlari barpo etiladi.

Birinçi bosqiçda viloyatning Çiroqçi, Şahrisabz va Koson tumanlarida, ikkinçi bosqiçda Yakkaboğ, Qarşi va Ğuzor tumanlarida ehtiyojga qarab qurilişlar davom etadi. Yangi massivlar ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasi bilan tayyor holda foydalanişga topşiriladi. 

Aholini doimiy iş bilan ta’minlaş maqsadida massivlar hududida 7 ta kiçik sanoat zonalari taşkil etiladi. Har bir massivda 20 gektardan iborat “Yoşlar issiqxona majmua”lari qurilib, u yerdagi 14 ming oilaga 10 sotixdan taqsimlab beriladi.

Şuningdek, Qarşi va Çiroqçi tumanlarining 5 ming gektar qir-adirlarida “Yangi Özbekiston massivi” barpo etilib, 8 ming kvartirali 300 ta köp qavatli uy, maktab, boğça, şifoxona, savdo markazi va boşqa obektlar quriladi.

Umuman olganda, kelgusi beş yilda viloyatda jami 30 ming kvartirali qariyb 1 mingta köp qavatli uylar va 2,5 mingta yakka tartibdagi uylar barpo etiladi

Bundan taşqari, 6 ming kilometr elektr uzatiş tarmoqlari, 1,7 ming dona transformator va 13 ta podstansiyada quriliş va rekonstruksiya işlari amalga oşiriladi. Natijada 729 ta mahalladagi 319 ming aholining elektr energiya ta’minoti yaxşilanadi”, dedi prezidentlikka nomzod.