Mamlakat hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri bölgan Prezident saylovi ğoyat muhim tadbir sifatida barçamizni xalqimiz taqdiri, buguni va ertangi istiqboli uçun qat'iy tanlovni belgilaşga da'vat etmoqda. Har bir saylovçining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam ekanligi mazkur siyosiy tadbirning alohida ahamiyatini körsatadi.
https://ok.ru/videoembed/2586302548671
Saylov jarayonlari har birimizdan yuksak mulohazakorlikni, mamlakatda amalga oşirilayotgan özgarişlarga daxldorlikni taqozo etadi. Negaki xalq kimgaki yuksak işonç bildirsa, ertaga u butun mamlakat taqdirini belgilab beruvçi jarayonlarni boşqaradi. Şu bois mamlakatimiz aholisi joriy yilning 24 oktyabr kuni bölib ötadigan Prezident saylovini özgaça hayajon va katta qiziqiş bilan kutmoqda.
Prezident – Özbekistonda içki va taşqi siyosatning asosiy bunyodkori, qonuniylik, ijro, davlat mustaqilligi, xavfsizligi, hududiy yaxlitligi muhofazasi, yurt tinçligi, xalqning farovon turmuşini ta'minlovçi birinçi mas'ul şaxs hisoblanar ekan, uşbu yirik tadbirda faol iştirok etiş barçamizning fuqarolik vazifamizdir!
Bahodirjon ŞERMUHAMMADOV,
Farğona davlat universiteti rektori,
pedagogika fanlari doktori,
professorⓉ















