Qayd etilishicha, joriy yil 7 oktabr kuni soat 7:45larda Qarshi-Buxoro-Nukus-Beynov avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani Toshguzar qishlog‘i hududidan o‘tgan 15-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Surxondaryodan harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasining orqa chap g‘ildiragi chiqib ketib mashina ag‘darilgan. G‘ildirak esa beton to‘siqdan oshib o‘tib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasining tom qismiga zarb bilan urilgan. Zarba tufayli mashinaning tom qismi jiddiy shikastlangan. Oqibatda, uning haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda hodisa yuzasidan G‘uzor tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.










