Kun.uz yangi loyihani taqdim etadi – “Abgor manzillar”.
Özbekistonda köplab xayrli işlar qilinayotgani bor gap. Obod manzillar köp va köpaymoqda. Abgor manzillarga esa e’tibor kerak. Yutuqlarimiz özimizniki, kamçiliklarni esa, prezident aytganidek, oçiq aytiş kerak, körsatiş kerak. Davlat rahbari bu borada aynan bizga – OAV vakillariga tayanişini aytdi va biz bu tayanç vazifasini bajarişga kirişganmiz. Yangi loyihamizni “Obod manzillar” deb nomlaşni qançalar istaşimizni bilsangiz edi. Biroq...
Ilk körsatuvimiz Toşkent şahri markazida joylaşgan Abdulla Qodiriy nomidagi boğ haqida.
Biz bu boğ haqidagi reportajimizni e’tiboringizga havola qilgan edik:
Sotilgan va unutilgan: Toşkentdagi Abdulla Qodiriy boğidan qayğuli reportaj
Öşa reportajdan keyin Ekologiya qömitasi va hududga mas’ul bölgan “Olmazor biznes siti” direksiyasidan reaksiya böldi. Qömita bu maskanda haşar ötkazişini aytdi va bu işni amalga oşirdi. Biroq bizda haşardan keyin ham savollar tuğildi: Ekologiya qömitasining işi haşar ötkaziş xolosmi yoki bu hududni öz vakolati doirasida nazorat qilişmi? Hududda tozalaş işlari ötkaziş, u yerni obodonlaştiriş e’tirofga loyiq iş, ammo bir martalik haşarning foydasi qançalik? Aslida, hududga yaqinda biriktirilgan “Olmazor biznes siti” direksiyasi tozalikka mas’ul emasmi?

Ungaça bu hudud Toşkent şahar hokimligi balansida bölgan ekan, şu paytgaça hokimlik nega hududni qarovsiz qoldirdi?
Savollarimiz davom etadi: bunday katta maskanni uzoq vaqt davomida qarovsiz qoldirişdan manfaat bormi? Internet foydalanuvçilarining köpçiligi bu “aprobatsiyadan ötgan sxema” ekanini, ya’ni avval biror katta hudud qarovsiz qoldirilib, keyin taşlandiq holga kelgaç: “Mana, qaralmay qolib ketdi, daraxtlar qurib qoldi, çiqindixona bölib ketdi, biror investorga bermasak bölmaydi, investor obod qilib ötiradi”, degan vaj-korsonlar bilan hokimlik yerlarni sotiş uçun öziga bahona topib, xalq mulkini tadbirkorlarga sotib yuboryapti, deb izoh qoldirişlarida biror haqiqat bormi?
















