Ma'lum qilinishicha, joriy yil 8 oktyabr kuni soat 2:00larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-95 Koson-Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining Koson tumani Eshontepa qishlog‘idan o‘tgan 8-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Lacetti mashinasi haydovchisi harakatlanib kelayotib Eshontepa qishlog‘i hududida ta'mirlash ishlari olib borilayotgan ko‘prikdan pastga tushib ketgan. Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Lacetti mashinasi haydovchisi ehtiyotsizlik qilgan va ko‘rish cheklangan hududda mashinani yuqori tezlikda boshqargan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.











