“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan, 2021 yil 1 noyabrdan boshlab:
- hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35 foizga oshiriladi;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga o‘tiladi;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini ko‘rsatish vazifasini tuman (shahar) hokimliklaridan tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga o‘tkaziladi;
- tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari asosan quyidagi manbalar bo‘ladi:
- fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yillik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining (moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘larini inobatga olmagan holda) 10 foizi miqdoridagi budjet mablag‘lari;
- xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 3 foizi miqdoridagi ajratma;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olingan mablag‘lar;
- homiylik mablag‘lari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutiladi:
- Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash;















