Mamlakatimizga joriy yilning oktabr oyida COVAX dasturi doirasida Pfizer-BioNTech vaksinasidan 800 ming doza va Sinovac vaksinasidan 1,7 mln doza olib keliş közda tutilgan. Bu bilan yurtimizga olib kelingan vaksinalar soni yil oxirigaça 47 million dozadan oşadi, deb xabar bermoqda SSV axborot xizmati.
“Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati ma'lumotiga köra, mamlakatimizning özida 15,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 hamda 633 ming dozadan ortiq ikki komponentli “Sputnik V” vaksinalari işlab çiqarilişi rejalaştirilgan.
Umumiy hisobda 18,9 million dozadan ortiq vaksina kelgusida emlaş jarayonlarida qöllaş uçun Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkaziladi”, deyiladi xabarda.
Özbekistonda aholini koronavirusga qarşi emlaş işlari yölga qöyilgandan buyon 28 687 988 doza vaksina keltirilgan bölib, yil oxirigaça bu körsatkiç 47 million dozadan oşişi rejalaştirilgan. Uşbu miqdor bilan Özbekiston aholisining 17,4 million nafarini töliq emlaş mumkin böladi.
Eslatib ötamiz, 28 sentyabrdan boşlab mamlakatimizda 12 yoşdan katta bolalarni ham koronavirusga qarşi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravişda emlaşga ruxsat berildi. 6 oktabr holatiga köra, Özbekistonda 87 mingdan ortiq bolalar uşbu vaksina bilan emlangani ma'lum qilindi.














