Buxoro viloyati Kogon şahrining sobiq hokimi Hakim Hoşimov 17 oktabr kuni 58 yoşida oğir xastalikdan vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşi, Buxoro viloyati hokimligi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi. Mehnatkaş, fidoyi inson Hakim Hoşimovning yorqin xotirasi viloyat hokimligi jamoasi, deputatlik korpusi vakillarining qalbida mangu yaşaydi», deyiladi ta'ziyanomada.
Marhumning ölimi sababi keltirilmagan.
Hakim Hoşimov 1963 yil yanvarida Vobkent tumanida oddiy işçi xonadonida tavallud topdi. 1985 yilda Toşkent politexnika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini «Buxoroirdavquriliş» trestiga qaraşli 37-son köçma mexanizatsiyalaşgan kolonnada usta sifatida boşlagan. 1986-2000 yillarda «Amubuxorokanalquriliş» hissadorlik jamiyati 3-son quriliş montaj boşqarmasida turli lavozimlarda işlagan. 2002-2004 yillarda Buxoro şahar F.Xöjayev tumani hokimining birinçi örinbosari, 2004-2010 yillarda Buxoro şahar hokimining kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik va obodonlaştiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari, 2010-2014 yillarda Osiyo taraqqiyot banki iştirokida Buxoro viloyati tumanlarini toza içimlik suvi bilan ta'minlaşni yaxşilaş böyiça loyihani amalga oşiriş guruhi rahbari, 2014-2017 yillarda Buxoro viloyati «Suvoqova» DUK bölim boşliği, korxona boşliği örinbosari, korxona boşliği, 2017-2018 yillarda Buxoro viloyati uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi boşliği lavozimlarida faoliyat körsatgan.
Hakim Hoşimov 2018 yilning 7 fevralida Kogon şahri hokimi etib tayinlangandi. U 2021 yil martida prezident Şavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga taşrifi ortidan lavozimidan ozod etilgan edi.

















