Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning uch hududida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotganlar ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati
O‘zbekistonning uch hududida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.U. 19 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 950 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Kogon shahri va Forish tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar N.S. va B.J.dan tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari bo‘lgan jami 770 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
10:04 / 10.03.2026