Prezidentning “Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bölgan quyosh fotoelektr stansiyasini quriş” investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatda qayd etilişiça, “Phanes Energy Holding III B.V.” (Birlaşgan Arab Amirliklari) kompaniyasi tomonidan (investor) “Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bölgan quyosh fotoelektr stansiyasini quriş” investitsiya loyihasi doirasida Özbekistonda “Quyosh-Energy” MÇJ XK (loyiha kompaniyasi) ta'sis etilgan.

Özbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, investor va loyiha kompaniyasi (keyinçalik bitimga qöşilişini hisobga olgan holda) örtasida 2021 yil 2 aprelda loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvçi investitsiya bitimi imzolangan.

Investitsiya bitimiga muvofiq, investor va loyiha kompaniyasi:

  • investitsiya loyihasini amalga oşirişning butun davri mobaynida Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bölgan quyosh fotoelektr stansiyasini (QFES) loyihalaştiriş, moliyalaştiriş, quriş hamda ekspluatatsiya qilişi;
  • yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarni öz zimmalariga olgan holda, jami dastlabki baholaş böyiça 179 mln AQŞ dollar miqdorida töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etişi belgilangan.

Bildirilişiça, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va investor örtasida 2021 yil 2 aprelda elektr energiyasini sotib oliş töğrisida bitim töğridan töğri muzokaralar natijasida imzolangan.

Elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitimga muvofiq:

  • investor öz huquq va majburiyatlaridan loyiha kompaniyasi foydasiga elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitimlarga muvofiq voz keçişi;
  • loyiha kompaniyasi işlab çiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ timsolida yagona xaridorga sotiş majburiyatini olgani;
  • loyiha kompaniyasi quriliş davridagi öz majburiyatlarini lozim darajada bajarilişining ta'minoti sifatida 7,2 mln AQŞ dollari miqdorida bank kafolati taqdim etilişi belgilangan.

Elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitimga muvofiq investitsiya loyihasi doirasida quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmoğiga ulaş uçun quriladigan havo elektr uzatiş tarmoqlari va boşqa elektr qurilmalarini investor va loyiha kompaniyasi tomonidan qurilişi va uşbu işlar uçun sarflangan xarajatlar “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 10 yil davomida oylik tölovlar asosida qoplanadi;