Surxondaryo viloyati, Uzun tumani «Agromonitoring markazi» xodimlari tomonidan Kun.uz tahririyatiga maktub yöllanib, 21 059 981 (yigirma bir million ellik töqqiz ming sakson bir) sömlik iş haqlari sakkiz oydan buyon tölab berilişi paysalga solinayotganiga jamoatçilik e'tiborini qaratişda yordam söralgan edi.

Murojaatda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, ATB «Agrobank» respublika boşqaruvi va «Agromonitoring markazi» MÇJ xodimlarining 2018 yil yil 1 apreligaça iş haqidan bölgan qarzdorliklarni xatlovdan ötkazib, töliq tölab berilişini ta'minlaşlari lozim bölgani, bu haqida 2018 yil 17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri raisligida ötkazilgan qişloq xöjaligida iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi yiğilişida tegişli topşiriqlar berilgan bölib, bayonnomaning 2.5-bandi ijrosini bajariş şu kunga qadar ortga surib kelinayotgani haqida bayon qilingan edi. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan suriştiruv ötkazilib, Kun.uz saytida maqola e'lon qilingaç, tegişli idoralar tomonidan muammoga yeçim topildi.

Uzun tumani «Paxta tozalaş» UJ tomonidan «Agromonitoring markaz» işçi xodimlarining tölanmay qolgan 21 059 981 (yigirma bir million ellik töqqiz ming sakson bir) sömlik iş haqlari töliq undirib berildi.