Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi yo‘llardan birini tosh maydalash korxonalariga qatnayotgan yuk mashinalari yaroqsiz holga tushirgani aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidan o‘tgan Kitob-Sevaz avtomobil yo‘lining ta'mirtalab holati aks etgan suratlar tarqaldi. Holat bo‘yicha tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan suratlardagi yo‘l Kitob tumanidagi 4K 277 Kitob-Shut-Sevaz avtomobil yo‘li bo‘lib, uning umumiy uzunligi 9 kilometrni tashkil etadi. Ushbu yo‘l so‘nggi marta 2019 yil sentyabr oyida ta'mirdan chiqarilgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘lning tutash hududida bir nechta tosh maydalash korxonalari joylashgan bo‘lib, doimiy ravishda undan o‘nlab og‘ir yuk mashinalari harakatlanadi. Ba'zi yuk mashinalarning belgilangan me'yordan ortiq yuk bilan harakatlanishi natijasida mazkur avtomobil yo‘liga jiddiy zarar yetkazilgan.
Ushbu holatga chek qo‘yish maqsadida Kitob tumani hokimining 2020 yil 14 yanvardagi qarori bilan 4K 277 Kitob-Shut-Sevaz avtomobil yo‘lida 3.12 «O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan» yo‘l belgisi o‘rnatilgan. Shunga qaramay, og‘ir yuk mashinalari belgilangan yo‘l qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, asosan tungi vaqtda yashirincha harakatlanmoqda.
«Hozirda yuqoridagi qayd etilgan salbiy holatlarga chek qo‘yish maqsadida tuman IIB YHXB bilan hamkorlikda qo‘shimcha choralar ishlab chiqilmoqda. Yo‘lni qayta ta'mirdan chiqarish bo‘yicha tuman hokimligiga taklif berilgan bo‘lib, ichki imkoniyatlar o‘rganilmoqda», deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
15:00 / 06.09.2023
Samarqandda xalqaro konferensiya munosabati bilan ayrim yo‘llar harakat uchun yopiladi
17:17 / 24.08.2023
Yo‘llarni 822 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan - Senat
09:22 / 25.07.2023
Yaponiya O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yangi loyihani amalga oshirishi mumkin
13:58 / 20.07.2023