2021 yil uchun xarajatlar prognozi quyidagicha o‘zgartirilishi ko‘zda tutilmoqda:
- investitsiya dasturlari uchun – 6 trln so‘m;
- ayrim muassasalarga kiritilgan qo‘shimcha shtat birliklarini, oylik lavozim miqdorlarini oshirish bilan bog‘liq ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun – 1,4 trln so‘m;
- mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xarajatlari uchun – 1,4 trln so‘m;
- koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun qo‘shimcha mablag‘ zaxirasini yaratishga – 1,3 trln so‘m ajratiladi;
- “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirishga – 1,3 trln so‘m;
- davlat-xususiy sherikligi asosida maktabgacha ta'lim muassasalariga qo‘shimcha subsidiya ajratish uchun uchun – 1,1 trln so‘m
- avtomobil yo‘llarini rivojlantirish uchun – 1,07 trln so‘m;
- turizm obektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash uchun 500 mlrd so‘m;
- qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, ya'ni 50 ta davlat MTT va 50 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘chalarga imtiyozli kredit berish uchun – 280 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi Bulung‘ur sum omborini qurish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi Daryooraliq suv omborini xavfsiz va samarali ishlashini ta'minlash uchun – 200 mlrd so‘m;
- Urgut erkin iqtisodiy zonasining Mergancha va Sartiqtepa mavzelarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarini uzluksiz elektr bilan ta'minlash maqsadida Urgut tumanidan o‘tuvchi yuqori kuchlanuvchi elektr uzatish tarmoqlaridan alohida tarmoq chiqargan holda nimstansiya qurish uchun – 150 mlrd so‘m;
- sog‘liqni saqlash tizimidagi obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, jumladan, Endokrinologiya muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun – 140 mlrd so‘m;
- Geologiya universitetining qurilishiga – 136 mlrd so‘m
- Boyovut, Qarshi, Bo‘ston, To‘raqo‘rg‘on, Olot tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun – 110 mlrd so‘m;
- “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish, umumta'lim maktablarini jihozlash xarajatlariga qo‘shimcha – 83 mlrd so‘m;

















