Aydarkölda noqonuniy baliq ovlagan kattaqörğonlik şaxsga 17 million 550 ming söm tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. Unga nisbatan töplangan hujjatlar körib çiqiş uçun sudga yuborilgan. Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat qiliş böyiça inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan Aydarkölda nazorat reyd tadbiri ötkazilgan.

Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi

Tadbir davomida Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida yaşovçi Q.A tomonidan Aydarkölning Nurota tumani «Boymurod» ovul fuqarolar yiğini hududidagi suv havzasidan heç qanday ruxsatsiz noqonuniy ravişda 3 dona zoğora, 62 dona oqsila baliqlarini uşlagani aniqlangan.

Qayd etilişiça, uşbu holat yuzasidan Q.A.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 90-moddasi 4-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Şuningdek, 17 million 550 ming söm tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. Huquqbuzarga nisbatan töplangan hujjatlar ma'muriy işni körib çiqiş uçun Nurota tumani jinoiy sudiga yuborilgan.