23 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
“Saylov uçastkalaridagi saylovçilar röyxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovçi kiritilgan. Şulardan 9 million 459 ming 273 nafari yoki 48 foizi erkaklar, 10 million 399 ming 854 nafari yoki 52 foizi ayollar, 6 million 458 ming 283 nafari 30 yoşgaça bölgan yoşlardir.
30 yoşgaça bölgan saylovçilarning 887 ming 686 nafari saylovda birinçi marta ovoz beradi. Xorijiy davlatlarda tuzilgan 54 ta saylov uçastkasidagi saylovçilar röyxatiga jami 299780 nafar saylovçi kiritildi”, deya ma'lum qilgan Zayniddin Nizomxöjayev öz çiqişida.
Avvalroq MSK raisi bu yilgi prezident saylovida qatnaşiş uçun saylovçilarning yagona elektron röyxatiga kiritilgan fuqarolar soni 21,2 million nafarni taşkil qilişini aytgandi.
Qonunçilikka köra, saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoşga tölgan Özbekiston fuqarolari – saylovçilar hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, 2016 yil 4 dekabr kuni bölib ötgan avvalgi prezident saylovida röyxatga kiritilgan 20,4 milliondan ortiq saylovçilarning 17,9 million nafari (87,73 foizi) iştirok etgan edi.
Saylov natijalariga köra, Şavkat Mirziyoyevni saylovçilarning 15 million 900 mingdan ortiği, ya'ni 88,61 foizi yoqlab ovoz bergandi. Mirziyoyevga raqiblik qilganlardan Sarvar Otamuratov 421055 ta ovoz (2,35 foiz), Hotamjon Ketmonov 669187 ta ovoz (3,73 foiz), Narimon Umarov 619972 ta ovoz (3,46 foiz) olişga muvaffaq bölgandi.

















