Ayni uşbu qizğin jarayon hozirda Oltiariq tumani, Qapçuğay mahallasi hududidagi 730-sonli saylov uçastkasida ham bölib ötmoqda.


Saylov daqiqalari yaqinlaşar ekan, mahalla nuroniylari birin-ketin uçastkaga kela boşladilar. Quvonarlisi, ularning orasida Oltiariq tumanidagi yirik fermer xöjalik rahbari, Özbekiston Qahramoni, Farğona davlat universiteti faxriy professori Lola Murodova ham bor.

“Lola opa niyati pok, maqsadi uluğ, fidoyi ayoldir. Uning saylovga birinçilardan bölib kirib kelişi barçamizni tölqinlantirib yubordi”, deydi universitet rektori Bahodirjon Şermuhammadov.


Paxtaçilikda neça yildan beri ibrat bölib kelayotgan, özining fidokorona mehnati bilan tuman qişloq xöjaligini mamlakatga tanitayotgan Lola Murodova birinçilardan bölib ovoz berib, fuqarolik burçini bajarişda ham yoşlarga, mahalladoşlarga örnak körsatdi.
Farğona davlat universiteti axborot xizmati Ⓣ















