“Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkazişni yanada takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş tartibi joriy etiladi. Bunda:
- amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqiçma-bosqiç töliq korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziladi;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişda korrupsiyaviy omillarni aniqlaş böyiça namunaviy şakldagi savolnoma (çeklist) töldirilib, loyiha qabul qilingunigaça bölgan bosqiçlarda unga ilova qilinadi;
- çeklist töldirilmagan loyihalar adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkazilmaydi va işlab çiquvçiga qaytariladi;
- normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegişli davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini baholaşning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.
2021 yilda amaldagi 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziladi.
2022 yil 1 yanvardan ilmiy taşkilotlar va OTM vakillari hamda jismoniy şaxslar – mustaqil ekspertlar normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarşi ilmiy va mustaqil ekspertizadan ötkazişi mumkin.
Ekspertizadan ötkaziş natijalari böyiça xulosalar tegişli davlat organlari va taşkilotlari tomonidan majburiy körib çiqiladi. Davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş faoliyati har olti oy yakunida baholanadi.
Şunga köra, xodimlarni lavozim maoşlarining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mablağlari beriş orqali rağbatlantiriş yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qöllaş böyiça çoralar köriladi.
Quriliş, soğliqni saqlaş, oliy ta'lim va davlat xaridlari sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etiş böyiça “yöl xaritasi” tasdiqlandi.

















