A Seriyada 9-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Markaziy o‘yinda — Italiya derbisida «Inter» «Yuventus»ni qabul qilib, 89-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
«Roma» Rimda «Napoli» bilan durang o‘ynab, raqibning g‘alabali seriyasiga barham berdi, Eldor Shomurodov 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
«Milan» 9 kishi bo‘lib o‘ynagan «Bolonya»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Simeonening pokeri «Verona»ga «Latsio» ustidan yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi. «Atalanta» 90+3-daqiqada g‘alabani boy berdi.

A Seriya. 9-tur
22 oktabr
Torino — Jyenoa 3:2
Gollar: Sanabria (14), Pobega (31), Brekalo (77) — Destro (70), Kaysedo (81).
Sampdoriya — Spetsiya 2:1
Gollar: Gyasi (15, avtogol), Kandreva (36) — Verde (90+5).
23 oktabr
Bolonya — Milan 2:4
Gollar: Ibrahimovich (49, avtogol), Barrou (52) — Leau (16), Kalabriya (35), Binnosir (84), Ibrahimovich (90)
Bolonya – Skorupski, de Silvestri, Medel (Orsolini, 87), Sumaoro, Teate, Xiki (Deyks, 63), Soriano, Svanberg, Dominges (Sxauten, 63), Arnautovich (Santander, 83), Barrou (Binks, 63).
Milan – Teterushanu, Kalabriya, Ker, Tomori, Ballo-Ture (Kalulu, 85), Krunich (Jiru, 60), Kastilexo (Salemakers, 46), Binnlsir, Tonali (Bakayoko, 46), Ibrahimovich, Leau.
Chetlatishlar: Sumaro (20), Soriano (58).
Salernitana — Empoli 2:4
Gollar: Raneni (48), Ismaili (55, avtogol) — Pinamonti (2, 45 penalti), Strandberg (13, avtogol), Tonelli (46).
Sassuolo — Venetsiya 3:1
Gollar:














