Sport | 13:15 / 25.10.2021
27099
2 daqiqa o‘qiladi

Boks bo‘yicha jahon chempionatiga qur'a tashlandi. Bugun ilk janglar o‘tkaziladi

25 oktyabrdan 5 noyabrgacha Serbiya mezbonligida o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga qur'a tashlandi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

24 oktabr kungi qur'ada o‘zbekistonlik bokschilar bo‘lajak (ehtimoliy) raqiblari nomi va musobaqadagi dastlabki jang kunini bilib olishdi.

O‘zbekiston jamoasi turnirga 13 vazn toifasida tashrif buyurgan. Bokschilarga Marat Qurbonov, Rahmatjon Ro‘zioxunov, Ravshan Xo‘jayev, Farrux Qilichev, Hamza Avezov, Istam Kabinov, Bahodir Erkayev, Ilyos Rahimjonov, Alisher To‘ychiyev, Davron G‘afurov, Abduvohid Jalolov kabi murabbiylar hamrohlik qilmoqda.

Musobaqaning dastlabki kunida -67 kg vazn toifasida harakat qiluvchi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev o‘z jangini o‘tkazadi. Unga 1/32 finalda Irlandiya vakili Brendan Makkiver raqib bo‘ladi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Jang taxminan Toshkent vaqti bilan 22:00dan keyin boshlanadi.

Quyida qur'a natijalari:

25 oktabr, dushanba

-67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Brendan Makkiver (Irlandiya)

26 oktabr, seshanba

-51 kg. Hasanboy Do‘stmatov — Saken Bibossinov (Qozog‘iston)

-75 kg. Saidjamshid Ja'farov — Lukas Fernetsa (Slovakiya)

-80 kg. Odiljon Aslonov — Yusuf Changalave (Tanzaniya)

27 oktabr, chorshanba

-86 kg. Shohjahon Abdullayev — Viktor Shelstrayete (Belgiya)

28 oktabr, payshanba

-57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov — Jamal Harvi (AQSh) / Vasili Usturoi (Belgiya)

+92 kg. Lazizbek Mullajonov — Puriya Amiri (Eron)

29 oktabr, juma

-54 kg. Shahobiddin Zoirov — Tamir Galanov (Serbiya)

-60 kg. Abdumalik Halokov — Fabio Roseli / Jasin Lyama

-71 kg. Shahram G‘iyosov — Farhad Murodi (Eron) / Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)

-92 kg. Madiyor Saidrahimov — Vladislav Smyaglikov (Belarus) / Joshua Vasike (Keniya)

30 oktabr, shanba

-63,5 kg. Mujibullo Tursunov — Jantoro Tursunov (Qirg‘iziston) / Taiga Imanaga (Yaponiya)

-48 kg. Nodirjon Mirzahmedov — Rikki Nesbitt (Irlandiya)
 

Mavzuga oid