Sport | 05:07 / 25.10.2021
5059
3 daqiqa o‘qiladi

Bundesligada tur yakunlari. «Bavariya», «Borussiya» D va «Leypsig» g‘alaba qozondi, «Bayyer»da durang

Foto: Bundesliga

Germaniya chempionatida 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

«Bavariya» o‘z maydonida «Hoffenhaym» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. «Leypsig» ham o‘z uyida yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Borussiya» D safarda «Arminiya»dan ustun keldi. «Bayyer» «Kyoln» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. 

Foto: Google

Bundesliga. 9-tur

22 oktabr
Mayns — Augsburg 4:1
Gollar:
Onisivo (10), Bell (15), Burkardt (26, 71) — Zekiri (69). 

23 oktabr
Bavariya — Hoffenhaym 4:0
Gollar:
Gnabri (14), Levandovski (30), Shupo-Moting (82), Koman (87). 
Bavariya – Noyyer, Pavar, Ernandes (Zyule, 46), Upamekano, Richards, Zabitser (Tolisso, 76), Kimmix, Musiala (Koman, 70), Myuller (Shupo-Moting, 65), Levandovski, Gnabri (Sane, 76).
Hoffenhaym – Baumann, Akpoguma (Ryutter, 27), Posh, Grillich, Richards, Raum, Gayger (Shtiller, 83), Samasseku (Rudi, 58), Kramarich, Bebu (Adamyan, 83), Bruun Larsen (Skov, 58).

Arminiya — Borussiya D 1:3
Gollar:
Klos (87, penalti) — Ja (31, penalti), Hummels (45), Bellingem (72). 
Arminiya – Ortega, Nilsson, Bryunner (Ramush, 46), Piper, Barrett-Laursen (Chiborra, 74), Fernandesh (Vimmer, 64), Pritl, Shopf, Kunse, Xak (Kryuger, 74), Zerra (Klos, 46).
Borussiya D – Kobel (Hits, 46), Hummels (Melouni, 88), Akanji, Pongrachich, Volf, Azar, Jan (Vitsel, 76), Brandt (Reyner, 76), Bellingem, Roys, Malen (Tigges, 66).

Leypsig — Groyter Fyurt 4:1
Gollar:
Poulsen (46), Forsberg (53, penalti), Soboslai (65), Novoa-Ramos (88) — Xrgota (45, penalti).
Leypsig – Gulachi, Henrixs (Simakan, 46), Orban, Mukiyele, Gvardiol, Anxelino, Kampl (Poulsen, 46), Forsberg (Soboslai, 64), Nkunku (Novoa, 85), Aydara, Andre Silva (Adams, 64).
Groyter – Funk, Mayyerxefer, Virgever, Bauer, Villems (Itter, 72), Dudzyak (Barri, 82), Grisbek, Kristiansen, Leveling, Xrgota (Tillmann, 72), Itten (Abiama, 82).

Volfsburg — Frayburg 0:2
Gollar:
Linxart (27), Xoler (68). 

Herta — Borussiya M 1:0
Gol:
Rixter (40). 

24 oktabr
Kyoln — Bayyer 2:2
Gollar:
Modest (63, 82) — Shik (15), Belarabi (17). 
Kyoln – Xorn, Shmits (Shindler, 79), Chixos, Kilian, O‘zjan, Hektor, Kayns (Tilmann, 79), Duda (Andersson, 77), Lyubichich, Modest, Ut (Shaub, 90). 
Bayyer – Gradetski, Frimpong, Ta, Kossunu, Inkapie (Bakker, 46), Demirbay, Andrix, Virts (Palasios, 77), Belarabi (Adli, 37), Shik (Alario, 86), Diabi (Tapsoba, 77).

Shtutgart — Union Berlin 1:1
Gollar:
Fagir (90+2) — Avoniyi (31).

Boxum — Ayntraxt 2:0
Gollar:
Blyum (3), Polter (90+2).

Mavzuga oid