Rossiya prezidenti Vladimir Putin Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston prezidenti saylovidagi işonçli ğalabasi bilan tabrikladi, deb xabar berdi Kreml.

«Telefon orqali muloqot çoğida Vladimir Putin Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevni prezident saylovidagi işonçli ğalabasi bilan qizğin tabrikladi.

Ular Rossiya-Özbekiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarining butun majmuasini har tomonlama rivojlantirişga özaro moyilligini tasdiqladilar», deyiladi rasmiy xabarda.

Putin Mirziyoyev nomiga tabrik telegrammasi ham yöllagan.

Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Şerzod Qudratxöja Kun.uz muxbiri söroviga javoban bu holat böyiça munosabatini bildirdi.

«Prezident saylovi yakuni hali e'lon qilinmadi. Rossiya OAV tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda noaniqlik bor. Özbekiston prezident saylovida kim ğolib bölganini Markaziy saylov komissiyasi soat 16:00da ma'lum qiladi», deydi u.

MSK a'zosi Kreml saytida e'lon qilingan xabarga Markaziy saylov komissiyasi heç qanday munosabat bildirmasligini ta'kidladi.

«Bu böyiça Özbekiston prezidenti matbuot xizmati munosabat bildirişi kerak. Çunki bu ularning işi», dedi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Yevronyus» Özbekiston prezidentligi saylovida Şavkat Mirziyoyev ikkinçi muddatga qayta saylangani haqida xabar e'lon qilgandi, ammo Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati uşbu ma'lumot haqiqatga töğri kelmasligini ta'kidlagandi.

Rasmiy natijalar bugun soat 16:00da e'lon qilinişi kutilmoqda.