UzbekLife öz muştariylariga xorijdagi vatandoşlar hayoti haqida ma'lumotlar beruvçi suhbatlarni davom ettiradi. Bugungi mehmon 10 yildan beri Amerikada yaşab kelayotgan Sobira Xolboyeva. U 18 yoşida öqiş uçun xorijga ketgan. Uning ortidan ketgan opasi ham ayni paytda AQŞning Ohayo ştatida istiqomat qiladi.

Xorijga ketiş: “Qizmi-öğilmi, ikkalasiga ham teng imkon berilişi kerak”

Men 10 yil avval talaba bölib Amerikaga ketganman va öşandan beri şu davlatda yaşayman. U yerda kollejni bitirdim, undan keyin biznes-hisobçilik sohasida bakalavr diplomini oldim. Hozir ovqat industriyasida yetakçi bölgan Amerikan food&vendinğda menejyer bölib işlayman. Qöl ostimda 6 nafar işçi-xodim bor. Biz katta-katta tadbirlarni taşkil qiliş, ularga taomlar, turli yengil turdagi yeguliklar, kofe-breyk yetkazib beriş xizmatini körsatamiz. Maşhur Erissson kompaniyasi ham mening mijozlarim hisoblanadi. 

Opam ham AQŞning Ohayo ştatida istiqomat qiladi. U qandolatçilik sohasida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan. Turli şirinliklar, töy va marosimlar uçun tortlar pişiriş va sotiş bilan şuğullanadi. Hozirda uning hatto boşqa davlatlardan ham mijozlari bor.

Ketişimga ota-onam qarşi bölişgan, ayniqsa, dadam. Avvaldan til örganişga juda qiziqardim va ingliz tilini örgandim. Yevropa mamlakatlaridan biriga ketişni orzu qilardim. Xolam grin-karta yutib Amerikaga ketgani sababli ota-onam u yerga borişim mumkinligini şunçaki aytişgan va bu men uçun mustahkam qarorga aylandi. 16 yoşimda şu qarorga kelgan bölsam, 2 yil mobaynida ketişimga ruxsat berişi uçun otam bilan kuraşişga töğri kelgan. Keta olmasligim uçun otam hatto repititorlarimga pul ham tölaşni istamasdi, lekin onam meni qöllab-quvvatlardi va hamma tölovlarni özi amalga oşirardi. Otam mendagi bu qiziqişni ötkinçi havas, vaqti-soati bilan özgaradi deb öylar edi. 

Ularga rozi bölmasliklari uçun imkon qoldirmaslikka harakat qilardim. Çunki inson hayotga bir marta keladi, qizmi-öğilmi, hammaga imkon berilişi kerak. Lekin bizning özbek qizlarimiz öqiş uçun boşqa davlatga ketişi har xil qaraşlarga sabab böladi. Ertaga sovçi keliş-kelmasligi masalalari ham tösqinlik qiladi bunga. Dadamga turmuşga çiqişni xohlamasligimni, undan avval hayotda nimagadir erişmoqçi ekanimni tuşuntirdim. Dadam meni tuşundi. Ammo buni uddalaşimni isbotlaşim kerak edi. TOEFL sertifikatini oliş uçun öqiganimda guruhda yagona qiz edim va ustozimiz ham mening harakatlarimdan hayratlanardi. Buni uddalaşimga şubha bilan qaraşlar esa menga yanayam motivatsiya berardi, yanada jiddiyroq kirişardim.