Toşkentda Osiyo çempionati U-23 saralaşi 1-tur bahslariga start berildi. «Paxtakor» stadionida keçgan dastlabki bahsda Özbekiston Saudiya Arabistoniga qarşi maydonga çiqdi.

Uçraşuvning 40-daqiqasida mehmonlar jamoamiz darvozaboni Vladimir Nazarovning qöpol xatosidan keyin hisobni oçgan bölsa, bölim yakunida Otabek Jöraqöziyev hisobni tenglaştirdi – 1:1.

Ikkinçi bölim boşida saudiyaliklar himoyaçilarning qöpol xatosidan keyin yana hisobda oldinga çiqib olişdi. 79-daqiqada esa Jasur Jaloliddinov penaltidan farqni yöqqa çiqarib, yakuniy natijani örnatdi – 2:2.

Ma'lumot uçun, Temur Kapadze boşçiligidagi Özbekiston yoşlar jamoasi uşbu saralaş bosqiçidagi natijadan qat'i nazar, keyingi yil Özbekistonda ötadigan Osiyo çempionatida mezbon sifatida töp surişadi. 

Osiyo çempionati U-23 saralaşi. 1-tur
Saudiya Arabistoni – Özbekiston - 2:2
Toşkent, «Paxtakor» stadioni.
Hakam: Yusuke Araki (Yaponiya).
Gollar: Otabek Jöraqöziyev 45, Jasur Jaloliddinov 79 - Hamad Abdulloh Al Ğamdi 40, Abdulmuhsin Al Qahtoni 47.
Saudiya Arabistoni: 22.Abdulrahmon Al-Şammari, 4.Xalifa Ad-Davsari, 5.Jihod Tikri, 8.Hamad Abdulloh Al-Ğamdi, 12.Navof, 14.Mansur Al Beşi, 15.Husayn Ahmad Al-Isso, 16.Ziyod Muborak Al-Jahoni, 19.Abdulloh Al-Hamdon, 20.Muhammad Al-Kunaydri, 23.Abdulmuhsin Al-Qahtoni.
Özbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Abubakr Rizo Turdaliyev, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Xojimat Erkinov (9.Uluğbek Hoşimov, 60), 10.Jasur Jaloliddinov, 11.Otabek Jöraqöziyev, 17.Diyor Xolmatov, 19.Hamid Rustamxonov, 20.Diyorbek Rahimqulov, 22.Alişer Odilov.
Zaxira: 1.Şukron Yöldoşev, 21.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Asliddin Toştemirov, 6.Temur Mamasidiqov, 8.Davron Anvarov, 13.Eldor Begimov, 14.Bektemir Abdumannonov, 16.Abbos Fayzullayev, 18.Sunnatillo Hamidjonov, 23.Abdurauf Böriyev.