-86 kg vazn toifasida harakat qiladigan Şohjahon Abdullayev 1/32 final doirasida belgiyalik Viktor Şelstritga qarşi ringga kötarildi.
Birinçi raundning dastlabki daqiqasidayoq özbekistonlik sportçi nokdaun holatiga tuşib qoldi. Lekin Abdullayev qolgan vaqt davomida ustunlikni qölga olib, raundni öz foydasiga hal qildi.
Lekin ikkinçi raund söngida belgiyalik boksçi kuçli öng qöl zarbasi bilan Abdullayevni nokautga uçratdi.
Şu tariqa, özbekistonlik yana bir boksçi çempionatdagi yurişini ilk bosqiçdayoq töxtatdi.


Eslatib ötamiz, jahon çempionatining birinçi kungi bahslarida Özbekiston terma jamoasi şarafini -67 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Asadxöja Möydinxöjayev 1/32 final doirasida irlandiyalik Brendon Makkiverni 5:0 hisobida mağlub etgan holda 1/16 finalga yöl olgandi.
Ikkinçi kungi bahslarda -80 kg vaznda Odiljon Aslonov avtomatik ravişda 1/16 finalga yöllanma olgan bölsa, -51 kg vazn toifasida Hasanboy Dösmatov 1/8 final doirasida qozoğistonlik Saken Bibossinovga mağlub bölib turnirni tark etdi. -75 kg vazn toifasida Saidjamşid Ja'farov 1/32 finalda slovakiyalik Lukas Fernetsadan ustun kelib, keyingi bosqiçga ötdi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston terma jamoasi uşbu musobaqaga yangilangan tarkibda yöl olgan. 13 ta vazn toifasida mamlakat şarafini himoya qiladigan sportçilar orasidan Tokio Olimpiadasida iştirok etgan tarkibdan faqat ikki boksçi - Şahobiddin Zoirov (-54 kg) va Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) qolgan.
28 oktabr kungi bahslarda jamoaning uç vakili iştirok etadi:
–57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov — Jamal Harvey (AQŞ) (16:10dan söng)

















