Osiyo çempionati-U23 saralaşi 2-turi doirasida Temur Kapadze boşçiligidagi Özbekiston yoşlar jamoasi bangladeşlik tengqurlari ustidan yirik hisobda zafar quçişdi.

Birinçi bölimda 4ta, ikkinçi bölimda 2ta gol kiritgan yoşlarimiz Bangladeş ustidan 6:0 hisobida ğalaba qozonişdi.
Birinçi turda özbekistonliklar saudiyaliklarga qarşi öyinda 2:2 hisobida durang qayd etgandi.
Ikkinçi turning ikkinçi uçraşuvida Kuvayt Saudiyani 2:1 hisobida mağlub etdi va 6 oçko bilan guruh peşqadami bölib oldi va çempionat yöllanmasini naqd qildi. Temur Kapadze şogirdlari esa oçkolari sonini 4taga yetkazib, guruhda ikkinçi örinda bormoqda.
Ma'lumot uçun, Özbekiston yoşlar jamoasi uşbu saralaş bosqiçidagi har qanday natijaga qaramay, keyingi yil Toşkentda ötadigan Osiyo çempionatida (U-23) mezbon sifatida töğridan töğri yöllanmaga ega çiqqan.
Osiyo çempionati-U23 saralaşi. 2-tur
Özbekiston U23 - Bangladeş U23- 6:0
Hakam: Muhammad Mufid (Iordaniya)
Gollar: Uluğbek Hoşimov 12, Eldorbek Begimov 15, Uluğbek Hoşimov 16, Asliddin Toştemirov 27, Abbosbek Fayzullayev 64, Alişer Odilov 88.
Özbekiston U23: 1.Şukron Yöldoşev, 3.Asliddin Toştemirov, 6.Temur Mamasidiqov (7.Hojimat Erkinov, 62), 8.Davron Anvarov, 9.Uluğbek Hoşimov (17.Diyor Xolmatov, 82), 13.Eldorbek Begimov, 14.Bektemir Abdumannonov (22.Alişer Odilov, 62), 15.Odilbek Abdumajidov, 16.Abbosbek Fayzullayev (10.Jasur Jaloliddinov, 75), 18.Sunnatilloh Hamidjonov, 23.Abdurauf Böriyev (20.Diyorbek Rahimqulov, 62).
Bangladeş U23: 1.Pappu Hussayn, 2.Rahmat Mia, 3.Tutul Badşa, 4.Yosin Arafat, 5.Riyodul Hasan, 6.Manik Hussayn Mulla, 7.Faysal Ahmad Fahim, 8.Mahraz Hussayn, 10.Mahbubur Rahmon (20.Enamul Islam Ğozi, 87), 12.Yusuf Zulqurnayn Xoqu, 18.Ridoy (14.Abu Şahid, 88).













