2021 yil 1 noyabrdan import qatnovida xomaşyo yuklarini «Özbekiston temir yöllari» AJ tasarrufidagi temir yöl stansiyalariga taşişda 25 foiz miqdorida çegirma taqdim etiladi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Çegirma greçka, kakao, loviya, xloridlar, tariq, temir rudalari, kimyo va kabel mahsulotlari, qoğoz, sintetik tolalar kabi 114 turdagi xomaşyo mahsulotlari uçun qöllanadi.
Uşbu qarordan 2021 yil 24 avgustdagi «Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “oçiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoyiş ijrosini ta'minlaş hamda işlab-çiqariş korxonalarini qöllab-quvvatlaş maqsadi közlangani aytib ötilgan.

















