Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Kitob tumani Panji qişloğidagi eski binoda faoliyat körsatayotgan qişloq vraçlik punktining sanitariya ahvoli qoniqarli emasligi, jihozlar yetişmasligi aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi xabar yuzasidan munosbat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinişiça, Kitob tumanidagi Panji qişloğida 5068 nafar kişi istiqomat qiladi. Ularga Qorabuloq hududidagi 13-oilaviy poliklinika xodimlari tomonidan tibbiy xizmat körsatiladi. Qişloq aholisining talab va istaklarini qondiriş, aholi ovoragarçiligiga barham beriş maqsadida Panjidagi haşar yöli bilan qurilgan binoga 13-oilaviy poliklinika hisobidan tibbiy xodimlar joylaştirilib, tibbiy xizmat yölga qöyilgan.
«Ayni paytda mazkur binoni tuman hokimligi tasarrufiga ötkazib, ta'mirlaş rejalaştirilgan. Ijtimoiy tarmoqdagi murojaatdan keyin binoga tuman tibbiyot birlaşmasi tomonidan jihozlar (stol, stul, tibbiy şkaf, kuşetka) yetkazib berilgan. Bino ta'mirdan çiqqanidan söng qöşimça jihozlar bilan ta'minlanadi», deyiladi munosabatda.
Avvalroq Çiroqçi tumani Taloqtepa mahallasida joylaşgan QVP xarob ahvoldagi binoda faoliyat yuritayotgani aytilgan, viloyat SSB bino tuman tibbiyot birlaşmasi balansida turmasligini va faoliyat körsatmasligini ma'lum qilgandi.
















