Belgradda ötayotgan boks böyiça jahon çempionatida nimçorakfinal bahslari yakunlandi. 

-63,5 kg vaznda özbekistonlik Mujibillo Tursunov Xitoy Taypeyi vakili Çu-Yen Laiga qarşi jangda iroda körsatdi. 1-raundni boy bergan vakilimiz qolgan raundlarda ustunlikka erişib, 3:2 hisobida ğalaba qozondi.

Tursunov çorakfinalda ikki karra jahon çempioni, kubalik Endi Krus Gomes bilan töqnaş keladi.

-80 kg vaznda Odiljon Aslonov esa amerikalik Robbi Gonsalesga qarşi ringga çiqib, 2:3 hisobida mağlubiyatga uçradi. 

Şu tariqa çorakfinalgaça 7 boksçimiz musobaqani tark etdi, 6 nafari esa ğalabali yurişini davom ettirmoqda.