Serbiyada ötayotgan boks böyiça jahon çempionatining 30 oktabr kungi bahslarida tört nafar boksçi ringga çiqdi.

Dastlab Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) va Odiljon Aslonov (-80 kg) irlandiyalik va italiyalik raqiblarini yengib, mos ravişda çorak final va nimçorak finalga yöl olgandi.

Keçki dasturda yana ikki özbekistonlik - Mujibillo Tursunov (-63,5 kg) va Saidjamşid Ja'farov (-75 kg) 1/16 final doirasida ringga çiqdi.

Mujibillo Tursunov yaponiyalik Tayga Imanagaga qarşi ringga çiqdi. Har uçala raundda ham faol harakat qilgan Tursunov yakunda raqibidan 5:0 hisobida ustun keldi va nimçorak final yöllanmasini naqd qildi.

Foto: Aziz Töxtamurodov / Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Aziz Töxtamurodov / Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Aziz Töxtamurodov / Boks federatsiyasi matbuot xizmati

Saidjamşid Ja'farov ham yaponiyalik Yuito Marivaki bilan jang qildi. Uç raund davomida töliq ustunlik qilgan Saidjamşid yakunda raqibiga heç qanday imkoniyat qoldirmagan holda 5:0 hisobida ğalaba qozonib, 1/8 finalga ötdi. Keyingi bosqiçda unga ozarboyjonlik Kozimjoda Mirşarif raqiblik qiladi. Jang 1 noyabr kuni bölib ötadi.

Foto: Aziz Töxtamurodov / Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Aziz Töxtamurodov / Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Aziz Töxtamurodov / Boks federatsiyasi matbuot xizmati