Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev chorakfinalda jahon chempionatidagi ishtirokini to‘xtatdi
Serbiyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev turnirdagi uchinchi jangini o‘tkazdi.
-67 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi chorakfinal bosqichida Yaponiya vakili Sevonrets Okazavaga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang davomidagi uch raundda ham hakamlar kunchiqar mamlakat vakilining ustunligini qayd etishdi va shu tariqa Mo‘ydinxo‘jayev mag‘lubiyatga uchradi.
Asadxo‘ja birinchi bosqichda irlandiyalik raqibi to‘sig‘idan o‘tgan bo‘lsa, 1/8 finalda falastinlik Ahmad Hararaga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi. 1/4 finalda esa Sevonrets Okazavaga mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, bugun, 1 noyabr kuni yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi:
- -75 kg: Saidjamshid Jafarov - Mirsharif Kozimzoda (Ozarboyjon) (19:20 dan so‘ng)
- -63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Chu-Yen Lai (Xitoy Taypeyi) (23:10 dan so‘ng)
- -80 kg: Odiljon Aslonov - Robbi Gonsales (AQSh) (00:30dan so‘ng).
Mavzuga oid
18:23 / 27.04.2026
O‘zbekiston bokschilari Jahon kubogi ilk bosqichida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
17:53 / 14.11.2025