“Uşbu natija uçun javobgarlik töliq mening zimmamda. Şu sababli men boş vazir va Sotsial-demokratik ittifoq yetakçisi lavozimlaridan iste'foga çiqmoqdaman”, deb ma'lum qilgan Zayev matbuot anjumanida. U navbatdan taşqari parlament saylovlari ötkazilişiga qarşi çiqqan.  

AP axborot agentligining xabar berişiça, saylovlarning rasmiy natijalari hali e'lon qilinmagan bölsa-da, boş vazir öz partiyasining poytaxt Skope meri uçun saylovlarda mağlub bölganini tan olgan. VMRO-DPMNe tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi nomzodlarning yarmi 80 ta munitsipalitetning yarmida, hukmron partiya SDSM esa 20 tadan kamroq hududda ğalaba qozongan.

Ma'lumotlarga köra, 2017 yilda ötgan avvalgi saylovlarda SDSM 57 ta, VMRO-DPMNe esa 5 ta munitsipalitetda ğalabaga erişgan.