2022 yilda Özbekiston mezbonligida ötuvçi U23 Osiyo çempionati saralaşining D guruhi bahslari Toşkentda ötkazildi.
3-tur doirasida Kuvayt yoşlariga qarşi maydonga tuşgan Temur Kapadze şogirdlari 5:1 hisobida ğalaba qozondi. Saralaş bosqiçida konkursdan taşqari iştirok etgan U23 Özbekiston milliy jamoasi 7 oçko bilan D guruhida birinçi örinni egalladi. Birinçi turda Saudiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etilgan, ikkinçi turda Bangladeş darvozasiga javobsiz 6ta gol urilgandi - 6:0.
Oldingi 2 turda Bangladeş va Saudiya Arabistoni jamoalarini mağlubiyatga uçratgan kuvaytliklar muddatidan avval Osiyo çempionatiga yöllanma masalasini hal qilgan edi.
Saudiya Arabistoni 3-turda Bangladeşni 3:0 hisobida yengdi va 4 oçko töplagan holda eng yaxşi ikkinçi örin egalaridan biri sifatida yöllanmaga ega çiqdi (Çempionat 2022 yilning 1-19 iyun sanalarida Özbekiston mezbonligida ötadi va turnir mezbon avtomatik ravişda iştirokçiga aylangan)
Özbekistondan taşqari quyidagi jamoalar yöllanmaga ega çiqqan: Yaponiya, Avstraliya, Kuvayt, BAA, Malayziya, Tailand, Janubiy Koreya, Eron, Qatar, Iroq, Turkmaniston, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Vetnam va Tojikiston.
U23 Osiyo çempionati saralaşi.
2 noyabr
Kuvayt - Özbekiston 1:5
Gollar: Abdulaziz Mahran (65) - Rahimqulov (37), Erkinov (45+2), Jaloliddinov (51) Hoşimov (68 pen.), Hojimat Erkinov (90+3)
Kuvayt: Abdurahmon Marzuq, Josim Al Ahmadi, Raşid Al Davsari, Abdulaziz Mahran, Yusuf Alhaqan, Otman Alşemeri, Nosir Jaza, Husayn Muhsin, Salmon Albus, Favvaz Alimbaileş, Eid Al Raşidi
Özbekiston: Hamidullo Abdunabiyev, Saidazamat Mirsaidov, Abubakrrizo Turdialiyev, Muhammadqodir Hamraliyev, Eldorbek Begimov, Jasurbek Jaloliddinov, Diyor Xolmatov, Diyorbek Rahimqulov, Hojimat Erkinov, Otabek Jöraqöziyev, Alişer Odilov.












