Qonun loyihasi bilan Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarga özgartiş va qöşimçalar kiritiş taklif etilyapti. Jinoyat qonunçiligida voyaga yetmaganlarga nisbatan insonparvarlikni kuçaytiriş maqsadida ularni jinoiy javobgarlikka tortiş yoşini ön uç yoşdan ön tört yoşga kötariş, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyatlar, xususan, Jinoyat kodeksining 128- va 129-moddasi sanksiyalarini kuçaytiriş nazarda tutilmoqda.

Loyihaga voyaga yetmagan jabrlanuvçi yoki guvohni söroq qilişning umumiy davomiyligi kun davomida tört soatdan oşmasligini belgilaş, voyaga yetmagan jabrlanuvçi, guvoh, gumon qilinuvçi yoki ayblanuvçini söroq qilişda voyaga yetmagan şaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga köra psixolog iştirok etişini ta'minlaşga qaratilgan normalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.