Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yashovchi fuqaro o‘z uyida quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlatga sotishni boshladi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Rahim Rasulov o‘z xonadonida 6 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasi o‘rnatib, ushbu stansiya orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshladi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu stansiya orqali yiliga 7 000 dan 10 000 kVt.soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Mazkur xonadon egasi va Energetika vazirligi tizimidagi Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik obektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida” shartnoma imzolandi.
Qayd etilishicha, endilikda ushbu xonadonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.
Ushbu shartnoma umumiy o‘rnatilgan quvvati 1 MVt.gacha (o‘zgaruvchan tok) bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obektlaridan (mikro va kichik gidroelektr stansiyalardan tashqari) elektr energiyasini xarid qilishga taalluqlidir.
Mazkur amaliyot Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlarini yagona elektr energetika tizimiga ulash reglamenti”ga asosan amalga oshiriladi. Bunda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini sotib olish prezidentning 2020 yil 10 iyuldagi PQ-4779-sonli qarorida belgilangan tarifga asosan amalga oshiriladi.
Shaxsiy quyosh fotoelektr stansiyalarini (1 MVt gacha) o‘rnatish istagida bo‘lgan fuqarolar stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulangan holda foydalanishi hamda o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuqoridagi qarorlarga asosan shartnoma asosida sotishi mumkin.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026