Ukraina mudofaa vaziri Andrey Taran mamlakat parlamenti — Oliy radaga iste'foga çiqişi haqida ariza berdi. Bu haqda hukumatning radadagi vakili Taras Melniçuk ma'lum qildi.
Taran uşbu lavozimni 2020 yil 1 martdan beri egallab kelayotgandi.
Melniçukning ta'kidlaşiça, Ukraina parlamenti 3 noyabrda 4 nafar vazir, jumladan, atrof-muhit va tabiiy zaxiralar vaziri Roman Abramovskiy, iqtisodiyot vaziri Aleksey Lyubçenko, vaqtinça okkupatsiya qilingan hududlar reintegratsiyasi böyiça vazir Aleksey Reznikov va sanoatning strategik tarmoqlari masalalari böyiça vazir Oleg Uruskiyning iste'foga çiqarilişi masalasini körib çiqadi.
Avvalroq “Xalq xizmatkori” fraksiyasida mudofaa vaziri Andrey Taran soğliğidan şikoyat qilayotgani, şu sababli uning lavozimini boşqasi egallaşi mumkinligi aytilgan.

















