«Azimboy» MFY hududini quturiş kasalligi böyiça nosoğlom punkt deb e'lon qiliş va çeklov qiliş töğrisida tuman hokimining qarori 3 noyabr kuni e'lon qilingan.

Noma'lum hayvon qoramolga mana şu yerda hujum qilgan. Foto: Kun.uz

Tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği Iqboljon Usmonovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, «Azimobod» MFY hududida istiqomat qiluvçi fuqaro A.Hamroaliyevga tegişli bölgan 3 boş qoramoldan bittasida quturiş kasalligi belgisi namoyon bölganidan keyin fuqaro bölimga murojaat qilgan.

Ma'lum bölişiça, fuqaroning qoramollari mahallaning çekka hududida eski qabriston orqasida qoldirib ketilgan. Çöl hududi bölgani sabab, hozirgaça turi aniqlanmagan noma'lum hayvon tişlaşi natijasida 3 boş qoramoldan birida quturiş kasalligi aniqlangan.

Tuman hokimining qarori qabul qilinişiga tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimining tuman hokimi nomiga yozgan murojaati, Farğona viloyat hayvonlar kasalliklari taşxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining 28 sentyabrdagi 2850-sonli mahalla hududida bir boş qoramolda quturiş kasalligini qözğatuvçi (Babbeş-Negri tanaçalari) aniqlanganligi haqidagi ekspertiza xulosasi hamda Özbekiston Respublikasi «Veterinariya töğrisida»gi qonunining 6- va 8-moddalari asos bölgan.

Bölim boşliğining qöşimça qilişiça, kasallik aniqlanganidan keyin hududdagi barça jonzotlar körikdan ötkazilgan. Boşqa hayvonlarda kasallik aniqlanmagan.

Veterinariya qonunçiligiga köra, ayni paytda hududda çeklov örnatilgan. Quturiş kasalligiga moyil bölgan çorva hayvonlari va itlar klinik körikdan ötkazilmoqda. Daydi yoki yovvoyi itlarni ovlaş masalasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.