Xuşnudbek Xudoyberdiyev ijtimoiy tarmoqlarning bloklanişi aslida avvalroq qabul qilingan xato qarorning oqibati ekanligini, faqat oqibatlar bilan kuraşilayotganini ta'kidlagan. Bloger 150 nafar deputat va 100 nafar senatorlar «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgartirişni ma'qullaşi ortidan uning jabrini boşqalar tortayotganiga e'tibor qaratgan.

«2021 yilda, ya'ni joriy yilning yanvar oyida uşbu qonunga bitta kiçkina modda qöşildi. Yangi qöşilgan 27-1-moddada Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlari bilan işlaydigan tizimlar serverlarini Özbekistonda örnatişi talab qilinadigan böldi. Kim serverini Özbekistonda örnatişga rozi bölmasa, unda bloklanadigan böldi.

Köryapsizmi, keçagi maşmaşalarning barçasi aslida qaysidir Ğolibşer ismli ijroçining özboşimçaligidan emas, balki 150 nafar deputat qabul qilib, 100 nafar senator ma'qullab, keyin imzolangan qonun sababli bölmoqda.

Xöp, «Özkomnazorat» rahbarini keça «yuqoridagilar» bilan kelişmagani uçun işdan böşatişdi. Ammo bu oğriq qoldiruvçi dori xolos, kasallikning özini tuzatmaydi. Ertaga «Özkomnazorat»ga Valişer, Ğanişer, Alişer rahbar bölib kelsa ham, baribir qonun öz kuçida turibdi-ku! Unga köra, telegram serverini Özbekistonga olib kelmasa, uni bloklaş kerak, tamom.

«Özkomnazorat» bu yerda qonunni ijro qildi va aholining şunça e'tiroziga sabab böldi. Demak, öşa qonunning özi adolatsiz va bir yoqlama öylab qabul qilingan bölmaydimi? Körpaga qarab oyoq uzatiş kerak edi, şekilli.

Mantiqan olganda deputatlar va senatorlar serverini Özbekistonga olib kelmagan tarmoqlarni bloklaş tarafdori bölişgan va buni qonunda aks ettirişgan», – deydi bloger.

Postda keyinçalik deputatlar qonun ijrosini tezroq bajariş, ya'ni serverini Özbekistonga örnatmaganlarni tezroq bloklaşni talab qilişgani eslab ötilgan.