Ukraina taşqi işlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sevastopolga taşrifi bois norozilik bildirdi.  

"Ukraina taşqi işlar vazirligi Rossiya prezidentining 2021 yil 4 noyabr kuni Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududi – Qrim avtonom respublikasi va Sevastopol şahriga Ukraina bilan kelişilmagan navbatdagi taşrifi munosabati bilan qat'iy norozilik bildiradi", - deyiladi vazirlik bayonotida.

Putin payşanba kuni Sevastopolda xalq birligi kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirlarda iştirok etdi.

Ukraina taşqi işlar vazirligi Qrimda turli tadbirlar, harbiy maşğulotlar ötkazilişi hamda mamlakat rahbariyatining yarimorolga taşrifiga nisbatan muntazam ravişda norozilik bildirib keladi. 

2014 yil martida Qrimda referendum ötkazilib, uning natijalariga köra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi şahriga aylangan. Bu referendum natijalarini Ukraina va xalqaro jamoatçilik tan olmaydi.