Toşkent viloyati Çinoz tumanida fermer xöjaligi yer maydonini 25000 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan firibgar uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma'lum qildi.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Çinoz tumani bölimi hamda DXXning Toşkent viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.X. özgalar mulkini qölga kiritiş maqsadida, fuqaro O.ning işonçiga kirib, u bilan «R.F.» fermer xöjaligiga tegişli bölgan 1,8 gektar yer maydonini 25000 AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 10 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
















