Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Oligarxlar haqidagi qonun” deb atalayotgan qonunni imzoladi. Unga köra, Ukrainada kun köriş uçun zarur bölgan eng kam pulning 1 million miqdoridan köproq (2,19 mlrd griven yoki 84 mln dollar) boylikka ega bölgan fuqarolarning mamlakat siyosiy hayotiga ta'siri çeklanadi.

“Oligarxlarga qarşi qonunni imzoladim. Uşbu hujjat yirik biznes va siyosatçilar örtasidagi munosabatlarni tubdan özgartiradi. Endilikda barça iqtisodiy öyinçilar qonun oldida barobar böladi va öziga siyosiy imtiyozlarni sotib ololmaydi. Qonunning sindirilişiga yöl qöymaymiz!” deb yozgan Zelenskiy. 

Uning ta'kidlaşiça, Yevropaning barça muvaffaqiyatli davlatlarida oligarxlar deb nomlanuvçi hokimiyat böğini yöq. “Uşbu davlatlarda hokimiyat bir guruh boyvaççalar uçun emas, balki öz fuqarolari manfaatlari uçun işlaydi. 2019 yilgi saylovlarda fuqarolarimiz Ukrainada aynan şunday özgarişlar yuz berişi uçun ovoz berişgandi”, deb qöşimça qilgan Ukraina yetakçisi. 

Ta'kidlanişiça, uşbu qonun yirik biznesni siyosiy kuraşdan ajratiş va mamlakat iqtisodiy hayotiga oligarxlarning salbiy ta'sirini çeklaşni ta'minlaydi. 

Uşbu qonun bilan oligarx deb kimni qabul qiliş uçun mezonlar örnatiladi. Jumladan, oligarx deb bir vaqtda kamida uşbu uçta mezonga javob beruvçi jismoniy şaxslarga aytiladi: siyosiy hayotda iştirok etadi, OAVga katta ta'sir körsatadi, bozorda monopol holatni egallovçi sub'yektning egasi va kamida bir yil davomida uşbu holatni qöllab-quvvatlab kelgan şaxs.

Zelenskiy oligarxlarga qarşi kuraş boşlanişi haqida mart oyida e'lon qilgan. Öşanda u davlat zaxiralari, tabiiy boyliklari, strategik korxonalar va konstitutsiyaviy sudning noqonuniy özlaştirilişi sababli “adolat tiklanişini” aytgan.