
Havodagi çangning soğlik uçun ta'siri uning kimyoviy tarkibi, kelib çiqişi, ölçami va zarraçalar ziçligiga qarab turliça böladi. Xarakteriga köra bu yengil bezovta qiluvçi ta'sir yoki kuçli toksik zaharlaniş bölişi mumkin.
Ölçami 10 mkm (PM10)dan kiçik öpkaga oson kiruvçi va 2.5 mkm (PM2.5)dan kiçik öpkaga çuqur kiruvçi çang zarralari eng köp xavf tuğdiradi.
Havodagi çang manbalari va sabablari
Xonadon, ofis, işlab çiqariş korxonalarida havoning çanglanişi sabablari atmosfera havosidagi çang manbalari kabi juda köp. Kelib çiqişi tabiiy çang köpinça xavfsiz bölsa, antropogen manbalar – transport va sanoat korxonalari çiqindilari – tarkibida köplab zararli moddalar – oğir metall, uglevodorod, benzapiren çangning havoda paydo böliş sababi sanaladi. Iş hududida esa çang manbalari bundan-da xilma-xil.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining havo çanglanişi böyiça normativlari (PM10, PM2.5)
JSST havodagi çang zarralari nafas oliş hamda yurak qon-tomir kasalliklari sabablari, jiddiy xavflardan biri deb hisoblaydi.
Havoda PM10 va PM2.5 zarralarining maksimal konsentratsiyasi kunlik va yillik örtaça şaklida “Havo sifati qoidalari” (“Air quality guidelines”) nomli hujjatda belgilab berilgan.

JSST ekspertlari fikriga köra, havoda çang konsentratsiyasini şu darajaga yetkaziş havo sifati bilan boğliq öpka va yurak kasalliklari tufayli yuzaga keladigan ölim körsatkiçini kamaytiriş imkonini beradi. JSSTning Havo sifati böyiça qoidalari 2005 yilda paydo bölgan. Şuni tuşiniş kerakki, taşkilot tomonidan keltirilgan tavsiyalar intilişimiz kerak bölgan ideal, xolos.
Havodagi çangni aniqlaş usullari
Havodagi aerozollarni ölçaşning bir neça asosiy usullari mavjud.












