Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistondagi öqituvçi, tibbiyot xodimlari hamda maktabgaça ta'lim taşkilotlari xodimlarining qança qismi koronavirusga qarşi emlanganini ma'lum qildi.

Özbekistonda 7 oy avval boşlangan koronavirusga qarşi emlaş jarayonlari davomida maktab öqituvçilarini emlaş uçun 1 199 635 doza vaksina qöllanilgan.

Ularning:

  • 514 316 dozasi birinçi;
  • 398 503 dozasi ikkinçi;
  • 286 816 dozasi uçinçi bosqiçda qöllanilgan vaksinalardir.

74,6 foiz maktab öqituvçisi virusga qarşi turli bosqiçlarda emlanib böldi. Umumta'lim sohasi vakillari orasida töliq emlangan fuqarolar salmoği 45,4 foizga yetdi.

Mamlakatda deyarli barça tibbiyot xodimlari koronavirusga qarşi turli bosqiçlarda emlangan.

Koronavirusga qarşi emlaş jarayonlari davomida 99,5 foiz tibbiyot xodimlari virusga qarşi turli bosqiçlarda emlanib böldi.  

Bu aholi qatlamini emlaş uçun jami 1 014 409 doza  vaksina işlatilib, ularning: 

  • 450 352 dozasi birinçi,  
  • 408 355 dozasi ikkinçi,
  • 55 702 dozasi uçinçi bosqiçda qöllanildi.

Tibbiyot sohasi vakillarining orasida töliq emlangan fuqarolar salmoği 76,8 foizga yetdi.