Hafta muhokamasi: haykalga kutubxonadan köra 4 barobar köp pul sarflanadi
Dastlab Davletov.uz kanali Toşkent viloyati hokimi farmoyişi bilan Nurafşon şahrida Zulfiya Zokirovaga ehtirom körsatiş maqsadida haykal majmuasini quriş va atrofini obodonlaştiriş işlari uçun 28 mlrd 400 mln ajratilişi borasida yozdi.
Şundan söng boşqa blogerlar ham bu masalaga e'tibor qaratdi. Xususan, Bakiroo kanali muallifi şunday dedi: “Odatda budjetning orttirib bajarilgan qismi çayişga, hokimtöra yo amaldorlarning ehtiyojlariga yoki şunaqa olamşumul qiymatlardagi işlarga sarflanadi”.
Şuningdek, u şunga öxşaş boşqa keysga e'tibor qaratdi.
“Toşkent şahar hokimiyati budjetning orttirib bajarilgan qismiga Puşkin haykali joylaşgan maydon va uning tegrasini 35,5 mlrd sömga ta'mirlamoqçi. Bu maydon va uning atrofidagi binolar 5 yil avval kapital ta'mirlanganini kim ham eslaydi? Xotirasi kaltalar uçun eslatma mana bu yerda. Pul bormi? Uni albatta özlaştiriş kerak. Qança qimmat bölsa, şunça yaxşi!” – deydi u.
Zafar Solijonov amaldorlarni xalqning pulini foydali narsalarga sarflaşga çaqirdi.
“Ğalaba parkida Zulfiya Zokirova va uning yaqinlari uçun yodgorlik majmuasi bor-ku. Nega yana haykal? Bugun prezident qöl qöyib qasam içgan Qur'oni Karim (Haşr surasi 10-oyatni eslang) va hadislar (Usmon ibn Affon r.a.dan kelgan hadis) böyiça vafot etganlarni duo qilişga buyurilganmiz, haykalbozlikkamas. Ularning avlodiga yaxşilik qilinsa ham jamoatçilik e'tiroz bildirmasa kerak, fikrimça. Xalqniki heç kimniki degani emas. Pulimizni muhimroq sohalarga yönaltiringlar. Bunaqada 2025 yilga borib öqituvçi oyligi 1000 dollarga yetişiga işonasizmi?” – deb yozdi u.
Hafta voqeasi: çangda qolgan va daraxsizlik jabrini tortgan Toşkent
“Zametki ekonomista” kanali muallifi ötgan haftada eng köp muhokama qilingan çangda qolgan Toşkent mavzusida qiziq post joyladi.
“Toşkent va boşqa bir qança şaharlarda bugungi çang böronning sababi Uraldan kelgan vaqtinça şamol emas. Aslo. Şamol Uraldan, Qizilqum çölidan, janubdan yoki Marsdan kelişining ahamiyati umuman yöq. Qayerdan kelsa ham şahar ekotizimi bularni öz içiga “yutib” yuborişi va şahar aholisi uçun tabiiy filtr rolini öynab berişi kerak edi.
Şuning uçun çang böron kötarilişi va havo iflosligining eng asosiy sababi – bu tabiat bilan öynaşiş, ekotizim muvozanatini buzişdir. Aslida geografik joylaşuvimizning özi juda oğir. Uning ustiga öz qölimiz bilan (imzo bilan, benzopila bilan, beton bilan) şaharlarimizni yaşaşga yaroqsiz holga keltiryapmiz. Qandaydir bir tiyinga qimmat binolar va beton ustiga qurilgan köngiloçar joylar deb daraxtlarni ayovsiz kesyapmiz, köllarimizni qurityapmiz, boğlarimizni qirib taşlayapmiz. Hamma joyga beton quyilgan, ariqlar qurigan, daraxtlar ölgan. Şu kamlik qilganidek yana 6-8 polosalik yöllar quryapmiz. Şuning uçun bugungi çang börondan, nimaga unday bölayotganidan ba'zilar hayron bölişi taajjubli. A, nima, siz boşqa natijani kutganmidingiz?” – deb yozdi u.
Bloger Şahnoza Soatova çangli böron voqeasidan keyin Ekopartiyani faollikka çaqirdi.
“Hozir gaping ötadigan, sözing salmoği ortgan, tabiat özi sen tomonda turgan kunlar. Paytdan foydalan, Ekopartiyajon. Hademay yangi saylov kelib qoladi, bu galgisiga odamlar yanada siyosiy faol, savollar yanada ötkir böladi. Özliging namoyon qil. Tabiatga foydang tegsin, özingga ham!” – deb yozdi u öz blogida.
“Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşiş kerak” – bloger Xuşnud Xudoyberdiyev ijtimoiy tarmoqlar bloklanişiga oid fikrlarini yozib qoldirdi
“Ijtimoiy tarmoqlar bloklangaç, birdan masalaga prezident aralaşdi, “Özkomnazorat” rahbari işdan olindi, bloklar olib taşlandi. Bir qaraganda hammasi zör, barçasi ajoyib, şunday emasmi?
Ammo biz oqibatlar bilan kuraşyapmiz, xolos. Ya'ni ijtimoiy tarmoqlarning bloklanişi — aslida avvalroq qabul qilingan xato qarorning oqibati. Xöş, unda buning sababi qayerda?
Qonunni qabul qilgan boşqalar, jabrini tortgan ijroçilar.
Aslida bu maşmaşalarning barçasiga “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonun sababçi. Yanada aniqroq aytsak, 2019 yilda qabul qilingan bu qonunning özi yomon emas. Unda şaxsiy ma'lumotlarga oid köp foydali qoidalar belgilangan.
Ammo 2021 yilda, ya'ni joriy yilning yanvar oyida uşbu qonunga bitta kiçkina modda qöşildi. Yangi qöşilgan 27-1-moddada Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlari bilan işlaydigan tizimlar serverlarini Özbekistonda örnatişi talab qilinadigan böldi. Kim serverini Özbekistonda örnatişga rozi bölmasa, unda bloklanadigan böldi.
Köryapsizmi, keçagi maşmaşalarning barçasi aslida qaysidir Ğolibşer ismli ijroçining özboşimçaligidan emas, balki 150 nafar deputat qabul qilib, 100 nafar senator ma'qullab, keyin imzolangan qonun sababli bölmoqda”, – deb yozdi bloger.
U şu hafta sodir bölgan bloklaş maşmaşasini va körilgan çorani oğriq qoldiruvçi dori, ammo kasallikning özini tuzatmaydi deya baholadi.
Bloger fikrlarini hammasiga sababçi bölgan qonunni qayta körib çiqiş lozimligi bilan xulosaladi.












