Ayni vaqtda xalq deputatlari Navoiy viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda. Sessiyada taşkiliy masala körib çiqilmoqda.

Kun.uz manbasi xabar berişiça, viloyat hokimi özgarib, Qobul Tursunov örnini Normat Tursunov egallaydi.
Normat Tursunov muqaddam Navoiy viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği bölgan, 2017-2018 yillarda Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari vazifasida faoliyat yuritgan, 2018 yil iyunidan buyon Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan oldinroq, bir neça manbalar 2016 yildan buyon Navoiy viloyati hokimi vazifasida işlab kelgan Qobul Tursunov lavozimidan ozod etilişi va uning örniga Xalq banki boşqaruvi raisi Şuhrat Atabayev yangi hokim etib tasdiqlanişi kutilayotgani haqida xabar bergandi. Ammo bu xabar öz tasdiğini topmadi.
















