Qashqadaryoda «Obod mahalla» dasturi ijrosi davomida o‘rnatilgan suv minorasi qulab tushdi

Foto: Qashqadaryo suv ta'minoti
Bugun Qashqadaryo | Kun.uz kanalida o‘z manbasiga tayanib Koson tumani Shirintepa mahallasida «Obod mahalla» dasturi ijrosi davomida o‘rnatilgan suv minorasi qulab tushgani haqida xabar berilgandi. Xabar yuzasidan «Qashqadaryo suv ta'minoti» MChJ axborot xizmati munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, Koson tumani «Shirintepa» MFY ichimlik suv tarmoqlari qurilishi obekti bo‘yicha bosh pudratchi «Sayin suv inshootlari» MChJ qo‘shma korxonasi va yordamchi pudratchi «Quybog‘ qurilish maskani» MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda obekt foydalanishga topshirilmagan.
Qurilish doirasida «Quybog‘ qurilish maskani» MChJ bilan ta'minotchi tashkilot «Metall Osiyo Biznes» MChJ o‘rtasidagi 2021 yil 7 oktyabrda Koson tumani «Shirintepa» MFY ichimlik suv tarmoqlari qurilishi obektiga 50 metr kub hajmga ega minorasini tayyorlab berish va montaj qilish uchun 18-sonli shartnomasi tuzilgan.
Joriy yil 5 noyabr kuni obektga suv minorasini montaj qilish jarayonida ushlab turuvchi troslarning bog‘lanish uzellari ulanish vaqtida uzilib ketgani natijasida suv minorasi qulab tushgan.
«Bugungi kunda qulab tushgan suv minorasi ta'minotchi tashkilot «Metall Osiyo Biznes» MChJ tomonidan obektdan chiqarib ketilgan va qaytadan yangi suv minorasi o‘rnatib berishni o‘z zimmasiga olgan. Buning uchun 2021 yil 10 noyabr kuniga qadar vaqt talab etilishini ma'lum qilgan», deyiladi munosabatda.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, pudratchi tashkilot sifatsiz va standartlarga mos kelmaydigan metalldan yasalgan suv minorasini o‘rnatib bo‘lgandan keyin uni suvga to‘ldirayotganda qulab tushgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Shirintepa mahallasida «Obod mahalla» doirasida olib borilayotgan boshqa ishlar ham o‘lda-jo‘lda bo‘lib turibdi. Jumladan, yo‘l ta'miri va simyog‘ochlarni almashtirish ishlari chala qolgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "PSJ" "Inter"ga javobsiz 5ta gol urib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
Mavzuga oid

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

16:22 / 31.05.2025
Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

16:04 / 26.03.2025